11:42 / 17.11.2017
10577

Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi

Foto: nts.kg

Duyshenbek Zilaliyev Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimidan iste'foga chiqarildi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

«Prezident Almazbek Atamboyev tegishli farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Duyshenbek Teksherbekovich Zilaliyev Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, Zilaliyev bosh vazir Sapar Isoqovning taqdimnomasiga binoan «boshqa ishga o‘tishi» munosabati bilan iste'foga chiqarilgan.

Avvalroq Atamboyev Qirg‘iziston prezidenti sifatida so‘nggi safarga jo‘nab ketgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top