13:00 / 17.11.2017
9360

«Ortga yo‘l yo‘q» - Mugabega impichment e'lon qilish ko‘zlanmoqda

Foto: Wikipedia

Zimbabve hukmron partiyasi ZANU PF yetakchilari mamlakat prezidenti Robert Mugabening iste'fosi bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini ishlab chiqish uchun juma kuni uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Reyter agentligi partiyadagi yuqori mansabli manbaga tayangan holda xabar bermoqda.

Partiya vakilining xabar berishicha, agarda Mugabe iste'foga chiqishdan bosh tortsa, seshanba kuni unga impichment e'lon qilinadi. "Orqaga yo‘l yo‘q. Agarda u qarshi pozitsiyani egallasa, biz uni yakshanba kuni iste'foga chiqarish uchun choralar ko‘ramiz. Bu ro‘y berganda esa, impichment seshanba kuni e'lon qilinadi", - deya partiya vakili so‘zlarini keltiradi agentlik.

Avvalroq Telegraph gazetasi Zimbabve prezidenti Robert Mugabening «zamonaviy dunyodagi eng shafqatsiz mustabid rahbar sifatidagi» merosi mamlakat tarixida uzoq muddatga chuqur iz qoldirishi haqida yozgandi.

Mavzu
Zimbabveda davlat to‘ntarishi
14 noyabr kuni Zimbabveda harbiylar mamlakat poytaxtiga kirdi. 15 noyabr kuni mamlakatga 37 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Robert Mugabe va oilasi qo‘lga olindi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top