18:10 / 17.11.2017
6203

«O‘zbekiston havo yo‘llari»​ saytida onlayn chipta sotish ishlarida uzilish yuz berishi mumkin 

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy avia kompaniyasi saytida aviachiptalarni sotish bo‘yicha vaqtinchalik uzilish yuz berishi mumkin. Bu haqda kompaniya Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bergan.

«2017 yil 18 noyabr kuni soat 12:00 dan 18:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan, GMT +5) zarur profilaktika ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK saytida aviachiptalarni sotish tizimida va boshqa onlayn-servislar ishida uzilishlar bo‘lishi mumkin. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun sizdan uzr so‘raymiz va bizni to‘g‘ri tushunasiz degan umiddamiz!», deyilgan xabar matnida.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK 2017 yilning 5 sentabridan boshlab yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasidan barcha yo‘nalishlardagi o‘z reyslariga aviachiptalarni milliy valyutada sotishni boshlagandi.

Keyinroq, O‘zbekiston Respublikasi TIV Markaziy bank bilan hamkorlikda aviachiptalarni aviakompaniyaning korporativ sayti orqali sotilishini ta'minlash bo‘yicha loyihaning navbatdagi bosqichi ishga tushirildi. Unga ko‘ra, aviachipta uchun to‘lovlarni xalqaro bank kartalari orqali amalga oshirish mumkin bo‘lgan. Shu davr mobaynida kompaniya saytida nosozliklar bir necha marta kuzatildi.

Top