17:15 / 18.11.2017
7402

AQShda teleuzatish 4K o‘lchamga o‘tmoqda

Foto: Fotolia

AQShda ayni damda 4K o‘lchamdagi teledasturlar va filmlar striming servislari hamda talabga ko‘ra video taqdim etuvchi xizmatlar tomonidan namoyish etiladi. Biroq Qo‘shma Shtatlar Federal agentligi (FCC) qaroriga ko‘ra, teleuzatuvchilar endi dasturlarni o‘ta yuqori  kenglikda ko‘rsatishlari mumkin. 

Engadget’ning xabar berishicha, FCC yangi qoidalar qabul qilib, ular kompaniyalarga ko‘ngilli asosda keyingi avloddagi (ATSC 3.0) televizion uzatish standartini qo‘llash imkonini beradi. 

Tomoshabinlarga mahsulotni 4K-sifatda olish imkonini beruvchi texnologiyalar ko‘p yillar davomida ishlab chiqildi. FCC yangi qoidalari teleuzatuvchilarga dasturlarni chastotasi 6 MGts bo‘lgan kanallar bo‘yicha yangi shaklda ko‘rsatish imkonini taqdim etadi.

Keyingi avloddagi TV standartiga o‘tishni yengillashtirish va jamoatchilik manfaatini hisobga olish uchun, agentlik bir necha talablarni o‘rnatdi. ATSC 3.0’ga o‘tish istagida bo‘lgan uzatuvchilar mahalliy telestansiyalar bilan hamkorlik qilishi kerak. Shuningdek, mijozlar o‘zgarishlardan avvalroq xabardor etiladi.

Top