22:10 / 18.11.2017
8122

APL. «Manchester Siti», «Chelsi» va «Liverpul» o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozondi

Foto: Premer liga

Angliya Premer-ligasida 12-tur o‘yinlari davom etmoqda.

«Manchester Siti» safarda «Lester» mehmoni bo‘lib, Jyezus va De Bryuyne gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

«Chelsi» safarda «Vest Bromvich»ni 4:0 hisobida tor-mor etdi. Londonliklar safida Azar (2), Morata va Alonso gol muallifi bo‘ldi.

«Liverpul» o‘z maydonida «Sauthempton»ni 3:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Gollar Muhammad Saloh (2) va Koutino hisobiga yozildi.

Ayni paytda, musobaqa jadvalida 34 ochko to‘plagan «Man Siti» peshqadamlik qilmoqda. «Chelsi» 25 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.

APL, 12-tur
18 noyabr

Bornmut – Haddersfild 4:0 
Gollar: 
1:0 – 26 Uilson, 2:0 – 31 Uilson, 3:0 – 70 Arter, 4:0 – 84 Uilson. 
Chetlatish: Frensis (Bornmut, 45).

Liverpul – Sauthempton 3:0 
Gollar: 1:0 – 31 Saloh, 2:0 – 41 Saloh, 3:0 – 68 Koutino. 

Kristal Pelas – Everton 2:2 (2:2, 0:0)
Gollar: 1:0 – 1 Makartur, 1:1 – 6, penalti Beyns, 2:1 – 35 Zaa, 2:2 – 45 Nyasse. 

Byornli – Suonsi 2:0 
Gollar: 1:0 – 29 Kork, 2:0 – 40 Barns. 

Lester – Manchester Siti 0:2 
Gollar: 0:1 – 45 Gabriel Jyezus, 0:2 – 49 de Bryuyne. 

Vest Bromvich – Chelsi 0:4 
Gollar: 0:1 – 17 Morata, 0:2 – 23 Azar, 0:3 – 38 Alonso, 0:4 – 62 Azar.

Mavzuga oid
Top