18:05 / 18.11.2017
13581

BMW va General Motors sobiq top-menejyeri Tesla’ni «ko‘mib» qo‘ya qoldi

Foto: Reuters

General Motors, Ford, Chrysler va BMW sobiq top-menejyeri Robert Luttsning fikricha, Tesla kompaniyasida hech qanday «sirli sous» yo‘q. 

Lutts bu haqda CNBC kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Intervyu Tesla'ning Semi elektr yuk mashinasi va yangilangan Roadster sportkari taqdimotidan so‘ng ro‘y bergan. «Men bu haqda so‘nggi uch yil davomida gapirmoqdaman: Tesla istalgan boshqa kompaniya osonlik bilan ko‘chirishi mumkin bo‘lmagan hech narsa qilayotgani yo‘q».

Shuningdek, Lutts Tesla biznes-modelini «yetarli darajada kuchli emas» deb atadi hamda yaqin orada kompaniyaga o‘z faoliyatini olib borish uchun qo‘shimcha kapital talab etilishi mumkinligini istisno qilmadi.

«Tesla biznesi hozirgi holatda 2019 yilgacha ham faoliyat ko‘rsata olmaydi. Hech qanday «sirli sous» - kompaniya xuddi hamma kabi litiy-ionli akkumulyatorlarni qo‘llamoqda», - degan General Motors’ning sobiq top-menejyeri Robert Lutts.

Robert Lutts General Motors’ning Yevropadagi bo‘linmasida sakkiz yil ishlagan, so‘ng BMW’ning Yevropadagi vitse-prezidenti lavozimiga o‘tgan. Shuningdek, u Ford va Chrysler’da ham top-menejyer bo‘lib ishlagan. 2001 yilda Lutts General Motors’ning global bo‘linmasiga qaytdi hamda bu yerda 2010 yilga qadar ishladi.

Mavzuga oid
Top