15:50 / 18.11.2017
6235

Elektr ta'minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish imkoniyati paydo bo‘ldi 

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektr ta'minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish mumkin bo‘ldi. Mazkur xizmatdan my2.gov.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar foydalanishlari mumkin.

«Mazkur elektron xizmat yordamida foydalanuvchi onlayn ravishda hisoblagichni o‘rnatish, almashtirish, tamg‘alatish yoki o‘chirtirish uchun mutaxassisni chaqirtirish uchun ariza berishi mumkin. Ariza yozayotganda fuqaro elektr ta'minoti korxonasining vakili qaysi vaqtda kelishini, ya'ni o‘ziga qulay vaqtni ham ko‘rsatishi zarur», deyiladi portal xizmatidan foydalanish yo‘riqnomasida.

Ushbu onlayn xizmatdan foydalanish uchun fuqaro portaldagi o‘zining shaxsiy kabinetida ko‘chmas mulk haqidagi maxsus formani to‘ldirishi kerak bo‘ladi. Unda ko‘chmas mulkning kadastr raqami va manzili ko‘rsatiladi. Bu interaktiv xizmat elektr ta'minoti xizmatlaridan ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, vaqtga qarab unumli foydalanish imkonini berishi tayin.

Top