8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

16:55 / 19.11.2017 19587

Oliy liga. «Lokomotiv» - ikki karra chempion! Kumush medal uchun yil to‘qnashuvida «Nasaf» g‘olib

O‘zbekiston chempionatining eng muhim uchrashuvlaridan biri 29-turda bo‘lib o‘tdi va unda «Nasaf» o‘z uyida «Paxtakor»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limning so‘nggi qismida avvaliga Bobur Abduholiqov jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda dastlab Dragan Cheran «Paxtakor» himoyachisining qo‘liga to‘p tegishi natijasida belgilangan penaltini aniq amalga oshirib hisobni oshirdi. Keyinroq Lobanovning qo‘pol xatosidan so‘ng Abdurahimov hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Dragan Cheran yana bir to‘p kiritib, yakuniy natijani o‘rnatdi. 4:0 — «Nasaf» chempionlikni boy bergan bo‘lishiga qaramasdan, chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunlab, kelgusi yili OChLda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. «Nasaf» so‘nggi tur oldidan 62 ochkoga ega, «Paxtakor» esa 56 ochko bilan 3-o‘rinda qolmoqda.

«Lokomotiv» esa Samarqandda «Dinamo» mehmoni bo‘ldi va shu yerda navbatdagi g‘alabani tantana qildi.

Birinchi bo‘limda Marat Bikmayevning dubli, ikkinchi bo‘limda uning bir goli, shuningdek Sanjar Shoahmedov va Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritilgan gollarga Adnan Oraxovats birgina gol bilan javob qaytardi.

Natijada 5:1 hisobida g‘alaba qozongan «Lokomotiv» ochkolari sonini 67taga yetkazib oldi va yaqin ta'qibchisi «Nasaf»ni besh ochkoga ortda qoldirib, mamlakat chempioni degan nomni ketma-ket ikkinchi marta qo‘lga kiritdi.

29-turidan qolgan yana beshta uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi va unda asosan oldindan kutilgan hisoblar qayd etildi. «Bunyodkor» o‘z uyida «Buxoro»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsa, «So‘g‘diyona» o‘z uyida «Qo‘qon»ga qarshi 9 kishi bo‘lib o‘ynashiga qaramay so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketdi. Umuman Toshkentdagi uchrashuvdan boshqa barcha to‘rt uchrashuvda ham bir xil 2:1 hisobi qayd etildi.

Oliy liga, 29-tur

«Nasaf» – «Paxtakor» 4:0 (1:0)
Gollar:
Bobir Abduxoliqov (43), Dragan Cheran (58, penalti, 90+1), Bahrom Abdurahimov (77).

«Nasaf»: Sanjar Quvvatov, Akmal Shorahmedov, Azizjon G‘aniyev (Dilshod Rahmatullayev, 89), Odiljon Hamrobekov, Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Farrux Sayfiyev, Bobir Abduxoliqov (Islom Kenjaboyev, 63), Dragan Cheran, Jasur Hasanov (Maqsud Karimov, 79), Umar Eshmurodov.
«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak, Marko Simich (Sherzod A'zamov, 77), Kamoliddin Tojiyev, Hojiakbar Alijonov, Rostin Griffits, Jamshid Iskanderov, Tiago Bezerra, Sherzod Karimov (Jasur Yaxshiboyev, 59), Gidi Kanyuk (Suhrob Nurulloyev, 59), Igor Sergeyev.

«Dinamo» – «Lokomotiv» 1:5 (1:2)
Gollar:
Adnan Oraxovats (32) — Marat Bikmayev (9, 19, 86), Sanjar Shoahmedov (58), Jaloliddin Masharipov (77).
«Dinamo»: Mixail Naumov, Mirkomil Lokayev, Akmal Bozorov, Jasur Azimov, Abdumalik Abdullaye, Shoxrux Xolmatov, Aleksey Nikolayev, Iskandar Xolmirzayev, Adnan Oraxovats, Farhod Tojiyev, Doniyor Ismoilov
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Marat Bikmayev, Sadriddin Abdullayev, Sardor Mirzayev, Timur Kapadze (Azizbek Omonov, 70), Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Sanjar Shoahmedov, Jaloliddin Masharipov.

«Bunyodkor» – «Buxoro» 3:0 (1:0)
Gollar:
Shohruh Gadoyev (12, 56), Islom Qobilov (61).

«Neftchi» – «Mash'al» 2:1 (1:1)
Gollar: Mo‘ydin Mamazulumov (8), Avazbek O‘lmasaliyev (51) - Shahzod Shaymanov (13).

«Qizilqum» – «Metallurg» 2:1 (1:0)
Gollar:
Mirjalol Qosimov (5), Artur Gevorkyan (68) - Muhammadjon Sultonov (53).

«Olmaliq» – «Navbahor» 2:1 (1:0) 
Gol:
Sanjar Rixsiboyev (13), Igor Yyelich (89, penalti) - Oston O‘runov (90+1).

«So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» 2:1 (0:1) 
Gollar:
Umid Qodirov (64), Umid Qodirov (90) - Murod Xolmuhammedov (28, penalti).
Chetlatish: Ixtiyor Toshpo‘latov (27), Azamat Isroilov (89, ikkalasi — So‘g‘diyona).

Top