08:19 / 20.11.2017
5940

Norvegiya qiroli shifoxonaga yotqizildi

Norvegiya qiroli Harald V shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda qirollik oilasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, uni infeksiya tufayli shifoxonaga olib ketishgan, biroq aniq tashxis ochiqlanmayapti. Qirol vakillari uning holatini «qoniqarli» deb atashmoqda.

Ma'lumot uchun, Harald V 1937 yilning 21 fevral kuni tug‘ilgan bo‘lib, 1991 yilning 23 iyun kuni, otasi Ulaf V vafot etganidan so‘ng taxtga chiqqan.

Mavzuga oid
Top