18:16 / 20.11.2017
26089

«TALKO O‘zbekiston tabiiy gazini olishdan manfaatdor emas»

Foto: Asia-Plus

Tojik alyuminiy kompaniyasi O‘zbekiston tabiiy gazini faqat anodlar tayyorlash uchun xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Kompaniya birlamchi alyuminiy ishlab chiqarishda ko‘mirdan olinuvchi o‘zining gazini qo‘llaydi, deb xabar bermoqda «AP» TALKO’ga asosan.

«Russkiy alyuminiy» (RUSAL) Rossiya birlashgan kompaniyasi TALKO bilan hamkorlikda anod ishlab chiqarish bo‘yicha ishlar tashkil etishni rejalashtirmoqda. RUSAL’ning fikricha, anodlar ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanish muhim. Ayni damda muzokaralar ketmoqda. Agarda qandaydir kelishuvlarga erishilsa, biz balki O‘zbekistonga murojaat qilarmiz», - deya aytib o‘tdi TALKO’ning axborot-tahliliy departamenti rahbari Igor Sattorov «AP»ga.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston 2012 yilning aprelida Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatgan.

«Biz tezkor tartibda yangi texnologiyalarga o‘tdik, ya'ni ko‘mirdan o‘z gazimizni ishlab chiqara boshladik. Albatta, ma'lum mablag‘lar yo‘naltirilib, ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirdik. Hamda biz bu rejimda ishlashda davom etamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Sattorov.

Bundan tashqari ta'kidlanishicha, «Tojiktransgaz» OAJ keyingi yil boshlanishi bilan O‘zbekistondan tabiiy gaz xarid qilishni rejalashtirmoqda. Ayni damda ikki davlat gazchilari o‘rtasida muzokara jarayoni ketmoqda.

Top