09:55 / 20.11.2017
9954

«Tottenhem» va «MYu» futbolchilarini almashmoqchi

«Manchester Yunayted»ning chap qanot himoyachisi Lyuk Shou «Tottenhem» klubi qiziqishlari doirasiga tushgan.

The Independent xabariga ko‘ra, londonliklar klubi 22 yoshli ushbu angliyalik futbolchini qishki transferlar chog‘ida qo‘lga kiritmoqchi.

«Shporlar»ning hozirgi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Shouga «Sauthempton»da ham ustozlik qilgan. Ammo ushbu futbolchining kelishiga «Tottenhem»da maoshlar miqdori Manchesterdagiga qaraganda ancha kamligi sabab bo‘lishi mumkin.

Bundan avvalroq, «MYu» Shouni 20 million funtga sotmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Mankunianliklar jamoasi esa «Tottenhem»dan Denni Rouzni sotib olishni istamoqda. Chap qanotda o‘ynayotgan ushbu futbolchi Pochettino bilan ziddiyatga borgan.

Bundan tashqari, avgust oyida ushbu 27 yoshli ushbu ingliz futbolchisi London klubining transfer siyosatini matbuotda tanqid qilib chiqqandi. O‘shandan buyon Rouz APLda faqat bir o‘yinda maydonga tushirildi.

Top