18:58 / 21.11.2017
40479

AQShda oddiy muhojir qanday qilib milliarder bo‘lishi mumkin? 

Foto: Getty Images

Forbes jurnalining 100 yilligiga bag‘ishlab avtomobillar uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan birining asoschisi pokistonlik Shohid Xon AQShda ilk ishlab topgan pullari haqida o‘ziga xos esse yozdi.

“Amerikaga 16 yoshimda ilk bor kelganimda, milliardlar ishlab topishga harakat qilmaganman. Men shunchaki yashash uchun kurashardim. Men Pokistondan cho‘ntagimda 500 dollar bilan kelgandim. Avtobus meni tunni o‘tkazish uchun 8 dollar sarflanadigan joyga olib keldi. Men arzonroq joy bor yoki yo‘qligi bilan qiziqdim, hamda meni YMCA, O‘smirlar xristian assotsiatsiyasi bo‘limiga jo‘natib yuborishdi. Men juda kuchli bo‘ronda, aftidan, Illinoys tarixidagi eng kuchli bo‘ronda ko‘cha bo‘ylab yurib borardim. Hayotimda birinchi marta qorni ko‘rdim, oyoq kiyimim esa yirtilib bo‘lgandi. YMCA’da bir tunni o‘tkazish 2 dollar turardi, hamda men ovqatlanib bo‘lganimdan so‘ng, menda 3-4 dollarga kamroq pul qoldi. Pokiston uchun bu katta pullar edi.

Ertasi kuni ertalab menda yanada ko‘proq pul ishlab topish imkoniyati paydo bo‘ldi. Idish-tovoq yuvishning o‘zi kifoya edi – buning uchun soatiga 1,2 dollar berishardi. Pokistonda deyarli hech kim bunday pullarni ishlab topmasdi. O‘shanda men Amerika – imkoniyatlar mamlakati ekanini, va men o‘z taqdirimni boshqarishim mumkinligini tushundim. Kelganimdan bir kun o‘tib o‘zim uchun Amerika orzumni ochdim”, - deya yozgan Xon.

Top