08:59 / 21.11.2017
14311

Chegaralar to‘siq emas - meksikalik qiz va amerikalik yigit ikki davlat chegarasida oila qurdi

Foto: Getty Images

Meksikalik 27 yoshli Eveliya Reyyes va AQShdan bo‘lgan 26 yoshli Brayan Hyuston ikki davlat o‘rtasidagi chegarada to‘ylarini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda The Washington Post.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, sevishganlar Meksikaning Tixuana tumanida joylashgan «Umid darvozasi» nomli yerda nikohlarini qayd qilishgan. «Darvoza» chegaraning har ikki tomonida yashovchi va bir-birining uyiga bora olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan qarindoshlarning uchrashishi uchun so‘nggi yillar davomida atigi bir necha marta ochilgan. 

Ta'kidlanishicha, sevishganlar nikoh to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlarni chegaraning o‘zida imzolashgan. Reyyes tegishli hujjatlari bo‘lmagani tufayli AQShga kira olish imkoniyatiga ega emasdi. Biroq endi u yashash uchun ruxsatnoma so‘rash huquqini qo‘lga kiritdi.

Top