15:30 / 21.11.2017
18964

Kavani Neymar bilan munosabatlari haqida ochiq gapirdi

«PSJ» hujumchisi Edinson Kavani UOL saytiga bergan intervyusida, jamoadoshi Neymar bilan munosabatlari haqida gapirib berdi.

«Yaxshi do‘stlarga ega bo‘lish – tabiiy hol. Odamlar madaniyati o‘xshashligi yoki shaxsiy hislatlariga ko‘ra do‘stlashib ketadi. Biz Neymar bilan do‘st emasmiz. Muhimi, biz bir-birimizni hurmat qilamiz va buning uchun nima qilish lozimligini juda yaxshi tushunamiz», — deb ta'kidladi Kavani.

Avvalroq, Kavani va Neymar penaltini kim tepishi bo‘yicha tortishib qolgan edi. Keyinroq, bosh murabbiy Unai Emeri urugvaylik va braziliyalik penaltini navbatma-navbat tepishi haqida qaror chiqardi.

Top