21:00 / 21.11.2017
8857

Mugabega impichment e'lon ​qilindi

Foto: AP

Zimbabve parlamenti a'zolarining qaroriga ko‘ra, prezident Robert Mugabega impichment e'lon qilindi. Yakshanba kuni hukmron ZANU-PF partiyasi rahbarligida chetlashtirilgan keksa siyosatchidan bir sutka ichida hokimiyatni topshirish so‘ralmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar beradi.

Parlament spikerining aytishicha, impichment qaroridan so‘ng Mugabe o‘z tashshabusi bilan iste'foga chiqishini ma'lum qilgan.

Bundan avval, partiya a'zolari o‘z xohishiga ko‘ra hokimiyatni keyingi nomzodga topshirmayotgan Mugabega nisbatan impichment qo‘llanishini bildirgandi.

Mavzu
Zimbabveda davlat to‘ntarishi
14 noyabr kuni Zimbabveda harbiylar mamlakat poytaxtiga kirdi. 15 noyabr kuni mamlakatga 37 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Robert Mugabe va oilasi qo‘lga olindi.
Barchasi
Top