21:40 / 21.11.2017
10036

Operator unga xalaqit qilgan avtobusni “astoydil koyidi” (video)

AQShning The Weather Channel kanali operatori Atlantadagi Georgia Dome stadionining buzilishi joyidan jonli translyatsiya olib borayotganda eng muhim lahza – stadionning buzilib tushishi vaqtida uning oldini avtobus to‘sib qo‘ygan.

Operator bu holatdan achchiqlanib, ichidagi bor g‘azabini “to‘kib-sochgan”.

“Yo‘q, avtobus! Nariga yo‘qol! Avtobus! Lan'ati! Yo‘ldan qoch, avtobus! Sen... Sen.. Sen... Aaaa! Jin ursin! Jin ursin!”, deb so‘kinib ketgan operator.

Avtobus bir necha soniya turgach, yo‘lini davom ettirgan. Kadrga stadionning buzilgandan keyingi ko‘rinishigina tushgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik foydalanuvchilar eng muhim lahzani o‘tkazib yuborgan operatorni qo‘llab-quvvatlashgan.  

“Iltimos, bu operatorni ishidan bo‘shatmang! U axir chindan ham bir onga bo‘lsa ham yana Amerikani birlashtirdi”, deb yozgan Shawn in Daytona nikli foydalanuvchi.

“The Weather Channel operatori, qor ham, yomg‘ir ham va hattoki avtobus ham sizning reportajingiz qiymatini tushira olmaydi”, deb yozgan Beverly.

Ba'zilar esa suratga olish rakursi noto‘g‘ri tanlanganini aytishgan, axir trassadan istalgan vaqtda transport vositasi o‘tishi mumkinligi kunday ravshan narsa edi.

Georgia Dome stadioni 1992 yilda 214 mln dollarga qurilgan. 25 yildan keyin uning yonida zamonaviy stadion barpo etilgan, Georgia Dome‘ni esa 2 tonna portlovchi modda bilan buzib tashlashga qaror qilingan.

Top