14:55 / 21.11.2017
10111

Poroshenko «maydan»ning eng muhim talablaridan biri bajarilganini ma'lum qildi

Foto: Ukrinform

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati «maydan»ning eng muhim talablaridan birini bajarishning uddasidan chiqdi. 

«Bizning yoshlar, talabalarimiz Maydanga talablar bilan chiqishganiga roppa-rosa to‘rt yil to‘ldi. Ular Yevropa yo‘lidan Rossiya tomonga qarab chetlashmaslikni talab qilishgandi», - deya siyosatchining so‘zlarini keltiradi «Ukrinform».

Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, «Qadr-qimmat inqilobi» «ukrain xalqining ozodlik va mustaqillikka bo‘lgan doimiy intilishi»ning yana bir isbotiga aylandi.

«Bu voqeani to‘rt yildan beri nishonlamoqdamiz, biroq men odamlarga ilk marta shuni ayta olishim mumkinki, «maydan»ning eng asosiy talablaridan biri bajarildi: siyosiy assotsiatsiya va erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi kelishuv 1 sentabrdan kuchga kirdi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Top