16:50 / 21.11.2017
9610

«Sherlok» va «Taxtlar o‘yini» ijodkorlaridan biri halok bo‘ldi

Foto: Princestone

Ganada britaniyalik tasvirchi Mark Milsom halok bo‘ldi. U «Sherlok» va «Taxtlar o‘yini» seriali ustidagi ishi bilan mashhur edi, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si».

54 yoshli Milsom BBC va Netflix uchun «Xayrlashayotgan yer» yangi dramasini suratga olish jarayonida bo‘lgan. Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, u avtomobil tryuklari bilan bog‘liq bo‘lgan tungi sahna ustidagi ishda ishtirok etgan. Ayni damda surishtiruv olib borilmoqda.

BBC korporatsiyasi tasvirchining o‘limi tufayli ta'ziya izhor qildi.

Milsom shuningdek «Oddiy askar Rayanni qutqarish», «Stiven Xoking olami», «Shafqat kvanti» kabi filmlarning ham ijodkori sanaladi.

Mavzuga oid
Top