Iroqning shimolida joylashgan Tuz-Hurmatu shahrida portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan yuk mashinasi portlatildi.
Portlash oqibatida kamida 23 kishi halok bo‘lgan, 60 kishi yaralangan va 5 kishi bedarak yo‘qolgan.
Portlash shaharning markazidagi harbiy mavzeda joylashgan Al-Maxdar bozorida sodir etilgan. Mahalliy politsiyaning ma'lum qilishicha, portlashni terrorchi-xudkush amalga oshirgan.