10:41 / 22.11.2017
15646

KXDR Janubiy Koreya bilan vaqtinchalik sulh haqidagi kelishuvni buzgani ma'lum qilindi

Foto: KCNA

KXDR harbiylari Janubiy Koreya bilan 1953 yilda imzolangan vaqtinchalik sulh haqidagi kelishuvni buzishdi. Bu janubga qochib ketgan askar ta'qib qilinganida yuz bergan, deb xabar bermoqda «Ryonxap».

Janubiy Koreyadagi BMT Qo‘mondonligi mutaxassislari askarning chegaradan o‘tishi tasvirlangan videoyozuvni ko‘rib, shunday xulosaga kelishgan. Kadrlardan ko‘rish mumkinki, Shimoliy Koreyaning qurollangan chegarachisi qo‘lida miltiq bilan demarkatsiya chizig‘idan kesib o‘tgan. Bundan tashqari, harbiylar qochib ketayotgan askarga qarata o‘t ochishgan.

Qo‘mondonlikdan ta'kidlashlaricha, janubiy koreyalik harbiylarning javob harakatlari kelishuvga mos tushgan.

Shifokorlarning qayd etishicha, qochib o‘tayotgan paytida yaralangan askar o‘ziga kelgan. Uning ahvoli hozirda qanday ekani ochiqlanmagan.

Mavzuga oid
Top