08:36 / 22.11.2017
21217

«LXR» rahbari Rossiyaga qochib ketgani ma'lum qilindi

Foto: RIA «Novosti»

Ukraina Ichki ishlar vazirligining kommunikatsiyalar departamenti rahbari Artyom Shevchenkoning feysbukdagi o‘z sahifasida ma'lum qilishicha, «Lugansk xalq respublikasi» (LXR) rahbari Rossiyaga ketib qolgan.

«Mening manbalarim bergan ma'lumotlarga ko‘ra... Igor «Qizilko‘z» Plotnitskiy Rossiyaga qochib ketgan», - deya yozdi Shevchenko.

Avvalroq Kreml «LXR»da «ma'lum kuchlar» qo‘llab-quvvatlanayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Plotnitskiy esa Lugansk markazida qurollangan kishilarning paydo bo‘lishiga izoh berib, bu «LXR» IIV rahbari Igor Kornetni lavozimidan chetlashtirish bo‘yicha «kadrlar almashinuvi»ning davomi ekanini aytdi.

Top