18:15 / 22.11.2017
30190

PFL «Nasaf»ga belgilangan 100 mln so‘m jarimaning bir qismini muxlislar to‘lab bermoqchi

Qarshining «Nasaf» klubi muxlislari klubga PFL tartib-intizomi tomonidan belgilangan 100 mln so‘mlik jarima pulini to‘lashda yordamlashmoqchi. Bu haqda Voha muxlislar sayti xabar tarqatdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, muxlislar klub tomonidan jarimaga tortilgan summani ma'lum qismini bo‘lsada, o‘zlari to‘lab berish maqsadida xayriya aksiyasi boshlagan.

«PFL» qarori «Nasaf» muxlislarining katta xursandchiligidan keyin, kayfiyatini tushirib yubordi. Bu albatta achinarli hol. «Nasaf» klubining faol muxlislari tomonidan tashabbus guruhi tuzilib, qarorga sabab bo‘lgan voqea keng muhokama qilinmoqda. Aslida voqea qanday bo‘lgani surishtirilmoqda. Ko‘pchilikning fikricha, birinchi bo‘lib Lobanov tomonidan professional futbolchiga xos bo‘lmagan harakat bo‘lganligi aniq bo‘lmoqda. Ya'ni, voqea sodir bo‘lgan joyda o‘tirgan muxlislar bu haqda kerakli joyda, kerakli  ko‘rsatma berishga ham tayyor ekanliklarini bildirishmoqda. Voqea va qabul qilingan qaror yuzasidan ayni paytda, rasmiy tashkilotlarga murojaat tayyorlanmoqda. Ammo afsuski, qaror qabul qilib bo‘lindi. Bu qaror muxlislarning eng yaxshi ko‘rgan klubiga nisbatan katta moliyaviy zarar bo‘ldi.

Shu munosabat bilan tashabbus guruhi o‘zaro kelishib,  klubga jarimani to‘lashga yordam uchun, mablag‘ yig‘ish ham boshlab yuborildi va muxlis – Ma'ruf Hazratqulov nomiga bankdan maxsus hisob raqami (plastik kartochkada)  ochishdi.

Plastik kartochka raqami:  8600 0329 6323 0420

Kimki ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlasa, shu raqamga pul o‘tkazishi mumkin. «Biz hech qachon sevimli klubimizni yolg‘izlatib qo‘ymaymiz!», deyiladi muxlislar bayonotida.

Mavzuga oid
Top