08:30 / 22.11.2017
16607

«Real» rekord qayd etib YeChLning pley-off bosqichiga chiqdi

Chempionlar ligasining guruh bosqichi 5-turida Madridning «Real» klubi Kiprning APOEL klubi mehmoni bo‘ldi va 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘limdayoq «qaymoqranglilar» jamoasi 4 gol urdi, Karim Benzema dubl qayd etdi, tanaffusdan keyingi ikki golga Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi.

Bu g‘alaba «Real» uchun Chempionlar ligasida safar o‘yinlaridagi 50-g‘alaba bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich borasida «Real» «Barselona»ni quvib o‘tdi (49 g‘alaba).

Madridliklar guruhda ikkinchi o‘rinni olgan holda keyingi bosqichga chiqadigan bo‘ldi. Birinchi o‘rinni 5-turda Dortmundning «Borussiya»si ustidan safarda g‘alaba qozongan «Tottenhem» egallashi aniq bo‘ldi. 

«Real» 6-turda «Borussiya»ni qabul qiladi.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top