16:55 / 23.11.2017
30061

Eng yirik iqtisodiyotga ega beshta davlat ma'lum qilindi

Foto: Reuters

Britaniya moliya vaziri Filip Hemmondning ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniya 2017 yilda dunyodagi eng yirik iqtisodiyotga ega davlatlar beshtaligidan chiqib ketgan. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma'lumotlariga ko‘ra Buyuk Britaniyadan Fransiya o‘zib ketgan. Ushbu davlatda YaIM hajmi 2,575 trln. dollarga teng bo‘lsa, Britaniyada – 2,565 trln. dollar.

Shuningdek, Hemmondning ta'kidlashicha, Fransiyaning pozitsiyasi keyingi yilda yanada mustahkamlanishi mumkin.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi statistikasiga qaraganda, jahondagi eng yirik iqtisodiyotlar beshtaligiga AQSh, Xitoy, Yaponiya, Germaniya va Fransiya kiradi.

Top