14:30 / 23.11.2017
12291

Olmaliqda IIB xodimlariga xizmat uylari topshirildi

Joriy yilning 22 noyabr kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining qasamyod qilish, ularga xizmat uylari kalitlarini va shaxsiy avtomashinalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati KUN.UZ'ga ma'lum qildi.

Tadbirda viloyat hududida xizmat olib borayotgan 615 profilaktika inspektorlaridan 160 kishi tantanali qasamyod qilishdi. Shundan so‘ng, ularga xizmat uylarining kalitlari va shaxsiy avtomashinalari topshirildi.

Bundan tashqari, Olmaliq shahar ichki ishlar bo‘limi 6-sonli ichki ishlar bo‘linmasining ochilish tadbiri ham bo‘lib o‘tdi. 

Huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi qayta tashkil etilib, profilaktika inspektorlarining xizmat vazifalari takomillashtirildi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasida yangi ish uslublarini qo‘llash, aholi va jamoatchilik bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish mexanizmlari joriy etildi. 

Viloyat hududida jinoyatlar va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. 

Mavzuga oid
Top