10:55 / 24.11.2017
7587

Yevropa Ligasi. 5-turda yana 11ta jamoa keyingi bosqich masalasini hal qildi

Yevropa Ligasining guruh bosqichi 5-turida «Nitstsa» «Zyulte-Varegem»ni 3:1 hisobida yengdi va pley-off yo‘llanmasini hal qildi. Frantsuzlar jamoasi safida Mario Balotelli dubl qayd etdi, yana bir gol Adriyen Tamez nomiga yozildi.

Italiyaning «Latsio» klubi avvalgi turdayoq K guruhidan chiqish masalasini hal qilgandi, «Vitess»ga qarshi 5-tur uchrashuvida durang hisob qayd etildi — 1:1.

Endilikda K guruhidagi vaziyat shunday ko‘rinish olgan: 1. «Latsio» — 13 ochko; 2. «Nitstsa» — 9; 3. «Zyulte-Varegem» — 4; 4. «Vitess» — 2.

G guruhida Chexiyaning «Viktoriya Plzen» klubi ruminlarning «Styaua»sini 2:0 hisobida mag‘lub etdi va guruhdagi birinchi o‘rinni naqd qildi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida Shveytsariyaning «Lugano» klubi Isroilning «Xapoel» B-Sh klubi ustidan kichik g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa, «Styaua» ortidan «Viktoriya Plzen» ham pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

G guruhida 5-turdan keyingi vaziyat: 1. «Styaua» — 10 ochko; 2. «Viktoriya Plzen» — 9; 3. «Lugano» — 6; 4. «Xapoel» B-Sh — 4.

«Arsenal», «Latsio», «Styaua» «Dinamo» Kiyev va «Zenit» klublari 4-turdan keyinoq pley-offni hal qilib bo‘lishgandi. 23 noyabr oqshomida o‘tkazilgan 5-tur o‘yinlari yakunlariga ko‘ra, «Partizan», «Milan», «Lion», «Braga»,«Atalanta», «Vilyarreal», «Nitstsa», «Red Bull», «Viktoriya», «Zaltsburg» va «Estersund» klublari ham keyingi bosqichga chiqishdi.

Yevropa Ligasi
Guruh bosqichi
5-tur

Nitstsa – Zyulte-Varegem 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 5, penalti Balotelli, 2:0 – 31 Balotelli, 2:1 – 81 Xamalaynen, 3:1 – 86 Tamez.
Nitstsa – Benites, Byurne (Lusamba, 78), Dante, Jalle, Le Marshan, Le-Melu, Seri (Tamez, 74), Kozello, Suke, Plea, Balotelli (Marlon, 85).
Zyulte-Varegem – Bostin, Xamalaynen, Bodri, de Fo, Uelsh, Dumbiya (Shaponich, 79), Kopman, de Po (Kordaro, 78), Elen, Leyya-Iseka, Kastanos (De Sart, 46).

Latsio – Vitess 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 13 Linssen, 1:1 – 42 Luis Alberto.
Latsio – Vargich, Lukaku, Basta (Micheli, 86), Bashtush, Luis Felipe, Murdjia, Luis Alberto (Marushich, 68), Nani (Lulich, 54), Krekko, Gabarron, Palombi.
Vitess – Pasveyer, Fayye, Myazga, Leliveld (Dabo, 81), Kashiya, For, Maunt, Rashitsa (van Bergen, 69), Serero, Linssen, Matavj (Kastaynos, 62).

Lugano – Xapoel Beyer-Sheva 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 50 Karlinos.
Lugano – Kiassumbua, Golemich, Sulmoni, Ruyye, Mixaylovich, Vechei, Pichchinokki (Chulina, 90), Bottani (Ledesma, 76), Sabbatini, Mariani, Karlinos (Gerndt, 55).
Xapoel Beyer-Sheva –    Goresh, Elxamed, Korxut, Biton, Migel Vitor, Radi, Ogu (Pekxart, 46), Eynbinder (Oxana, 58), Kuenka (Melikson, 73), Nvakaeme, Saar.
Ogohlantirishlar: Bottani (43), Vechei (45), Radi (63), Elxamed (64).

Viktoriya Plzen – Styaua 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 49 Petrjyela, 2:0 – 76 Kopits.
Viktoriya Plzen – Grushka, Geyda, Limberski, Rjyeznik, Gubnik, Gorshava, Groshovski, Kolarj (Chermak, 84), Petrjyela (Jivulich, 88), Kopits, Rjyeznichek (Bakosh, 66).
Styaua –    Vlad, Belashe, Planich, Junior, Filip (Tenase, 46), Popesku, Enake, Man, Koman (Budesku, 64), Alibek, Golofka (Nedelku, 46).
Ogohlantirishlar: Man (45), Enake (67), Budesku (84).

Mavzuga oid
Top