12:04 / 24.11.2017
12090

IIV va “Interpol” xodimlari Tailandda odam savdosida gumonlangan ayolni qo‘lga oldi

Foto: Photl

Qidiruvda bo‘lgan 49 yoshli ayol Ichki ishlar vazirligi tezkor xodimlari tomonidan Tailandda qo‘lga olinib, javobgarlikni ta'minlash maqsadida, O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasidan olingan ma'lumotga ko‘ra, ichki ishlar organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan, O‘zbekistondan ayollarni Tailand davlatiga olib borib, u yerda fohishalik qilish bilan shug‘ullantirgan, ulardan shahvoniy maqsadlarda foydalangan uyushgan guruh yetakchisi Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida yashagan M.B. ismli ayol vazirlikning bosh boshqarma va “Interpol” Milliy markaziy byurosi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Tailandda qo‘lga olingan.

Mavzuga oid
Top