15:00 / 24.11.2017
14661

Zimbabveda yangi prezident

Zimbabvening sobiq vitse-prezidenti Emmerson Mnangagva qasamyod qabul qildi va rasman mamlakatning yangi prezidentiga aylandi. Bu haqda AFP xabar tarqatmoqda.

U mamlakatni 2018 yil avgustida saylovlar o‘tkazilgungacha boshqaradi. 

75 yoshli Mnangagva noyabr boshida Robert Mugabe tomonidan vitse-prezident lavozimidan chetlatilgandi. Mugabe hokimiyatni o‘z rafiqasi Greys Mugabega qoldirmoqchi bo‘lgani uchun shunday qaror qabul qilgandi. Greys Mugabe ham harbiylar va aholi orasida katta obro‘ga ega bo‘lgan Mnangagvani bu borada o‘ziga raqib deb bilgan va uni zaharlamoqchi bo‘lgandi.

15 noyabr kuni harbiylar, xususan bosh qo‘mondon Chivenga Mnangagvani qo‘llab- quvvatlab chiqdi va poytaxtni tanklar bilan egallab, diktatorni hokimiyatdan chetlatdi.

21 noyabr kuni Zimbabve parlamenti 37 yil davomida mamlakatga rahbarlik qilgan Robert Mugabening impichmenti haqida ma'lum qilgandi.

Mavzu
Zimbabveda davlat to‘ntarishi
14 noyabr kuni Zimbabveda harbiylar mamlakat poytaxtiga kirdi. 15 noyabr kuni mamlakatga 37 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Robert Mugabe va oilasi qo‘lga olindi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top