09:20 / 25.11.2017
10265

AQSh Falastinga yon bosdi

Illyustrativ foto

AQSh Vashingtonda Falastinni ozod qilish tashkiloti ishini taqiqlash bo‘yicha qarorni qayta ko‘rib chiqdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Falastinni ozod qilish tashkilotining Vashingtondagi ofisi cheklovlar bilan ishlashi mumkin. Cheklovlar esa 90 kundan so‘ng olib tashlanishi ehtimolga yaqin.

Bundan tashqari, Vashingtondagilar Falastinni ozod qilish tashkiloti vakolatxonasiga «faqat isroilliklar va falastinliklar o‘rtasida barcha tomonlama hamda uzoq muddatli tinchlikka erishishga bog‘liq harakatlar bilan cheklanish»ni tavsiya qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Falastin hukumati AQSh bilan barcha aloqalarni muzlatib qo‘yish haqida qaror qabul qilgani xabar berilgandi.

Top