08:17 / 25.11.2017
5909

Mexiko aeroportida 11,5 ming dona brilliantni yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi

Foto: EPA

Mexiko aeroportida 24 noyabrda katta miqdordagi brilliantlarni kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tmoqchi bo‘lgan Ispaniya fuqarosi qo‘lga olindi. 

Ta'kidlanishicha, kontrabandachi Meksika federal politsiyasi tomonidan ushlangan. U  Kolumbiyaga 11,5 ming dona brilliantni yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Politsiyada taxmin qilinishicha, erkak Afrikadan olmoslar kontrabandasi bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tarmoq a'zosi bo‘lishi mumkin.

Ispaniyalik o‘zini shubhali tuta boshlagandan keyin, undan qo‘l yukini tekshirish uchun berish so‘ralgan. Unda olmoslar yashirilgan ikkinchi tub aniqlangan. Olmoslar plastik paketlarga joylashtirilgan bo‘lgan. Qolgan paketlar erkakning tanasiga o‘rab chiqilgan edi.  

Avvalroq Hongkongda bir erkak umumiy qiymati 6 mln. dollar bo‘lgan 9 ta brilliantni yutib, zargarlik do‘konini tunamoqchi bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top