14:28 / 26.11.2017
64909

Hasanboy Do‘smatov yangi vaznda ham chempion bo‘ldi

Rossiyaning Beloyarskiy shahrida boks bo‘yicha «Neft mamlakatlari kubogi»da dastlabki g‘olib nomi aniq bo‘ldi.

O‘zi uchun butunlay yangi vazn toifasi — 52kg.ga vaznda janglarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov hal qiluvchi final jangini rossiyalik Rasul Jaayevga qarshi o‘tkazdi. Oltin medal uchun bo‘lib o‘tgan jangda o‘zbekistonlik bokschi to‘liq ustunlikka erishdi va yakunda turnir g‘olibiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar Do‘smatov -49kg vazn toifasida janglarda ishtirok etardi. Rio Olimpiadasida ham aynan shu vaznda chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan.

Bugun turnirda yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi final janglarini o‘tkazadi. Barcha janglar rossiyalik bokschilarga qarshi o‘tadi. 64kg.gacha vaznda Iqboljon Xoldorov - Grigoriy Lizunenko bilan, 75kg.ga vaznda Isroil Madrimov Andrey Kovalchuk bilan oltin medallar uchun jangga chiqadi. Yana bir final uchrashuvida esa Sanjar Tursunov (-91 kg) yana bir mezbon sportchi Vasiliy Zveryanga qarshi ringga ko‘tariladi.

Mavzuga oid
Top