01:00 / 26.11.2017
11762

Sudan prezidenti Rossiya rahbariyati bilan harbiy baza yaratishni muhokama qildi  

Foto: Reuters

Rossiyaga tashrif buyurgan Sudan prezidenti Umar Bashir Rossiya prezidenti Vladimir Putin va mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan o‘tkazilgan muzokaralar haqida so‘zlab berdi. 

Bashirning aytishicha, uchrashuvlar chog‘ida Qizil dengizda harbiy baza yaratish imkoniyati muhokama qilingan. “Avval Rossiya prezidenti, so‘ngra mudofaa vaziri bilan harbiy baza yaratishni muhokama qildik”, deb aytgan Bashir. 

Bundan tashqari, Xartum tomondan Rossiyaning Su-30 va Su-35 harbiy samolyotlarining xarid qilinishi imkoniyati muhokama qilingan. Sudan prezidenti shuningdek S-300 zenit-raketa majmualariga qiziqish bildirgan. “Bizda xorijda agressiya o‘tkazish niyati yo‘q, biz faqatgina davlatimizni himoya qilmoqchimiz”, deb aytgan Bashir.  

Sudan prezidenti joriy haftada Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keldi. U 23 noyabrda Putin bilan uchrashib, uning mamlakati “AQShning tajovuzkor harakatidan himoyaga muhtojligini” aytgan.

Mavzuga oid
Top