15:00 / 27.11.2017
7953

Buyog‘iga Montellasiz. «Milan»da endi yangi murabbiy

Foto: Getty Images

Italiyaning «Milan» klubi rahbarlari murabbiylar shtabida o‘zgarish amalga oshirishga qaror qildi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar tarqatdi.

Matbuot xizmati bergan rasmiy xabarga ko‘ra, Vinchentso Montella iste'foga chiqarilgan.

«Milan» bosh murabbiyi lavozimini yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Jyennaro Gattuzo bajarib turadi. Professional murabbiy sifatida u Italiyaning «Piza» va Shveytsariya klublaridan birida ishlagan.

Ortda qolgan 14 turdan so‘ng «Milan» 20 ochko to‘plagan. Jamoa chempionat turnir jadvalida 7 o‘rinda bormoqda. TOP-6 jamoalariga qarshi o‘zaro o‘yinlarning barchasida klub imkoniyatni boy berdi.

Top