15:10 / 27.11.2017
11801

FHDYo idoralari ishini videokamera orqali nazorat qilish yo‘lga qo‘yildi

Adliya xodimlari aksariyat faoliyat yo‘nalishlarida, shu jumladan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishda fuqarolar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ularga turli huquqiy xizmatlarni ko‘rsatadi.

Shundan kelib chiqib, ularda mehnat, ijro intizomiga va kasb etikasi qoidalariga rioya etish holati hamda muomala madaniyati yuqori darajada bo‘lishi lozim.

Chunki, ushbu talablar buzilishi, fuqarolarni ortiqcha ovoragarchiligiga, qolaversa haqli e'tirozi va davlat idoralari xizmatchilariga nisbatan salbiy baho berishiga olib keladi.

Mazkur talablar bajarilishini yuqori darajaga ko‘tarish hamda ularga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi barcha FHDYo idoralariga videokameralar o‘rnatilib, onlayn tarzida masofaviy nazorat yo‘lga qo‘yildi.

Endilikda, joyidan turib ushbu tizimning barcha xodimlari tomonidan fuqarolarni qabul qilish, ularga huquqiy xizmatlarni ko‘rsatish sifati ustidan nazorat olib borilmoqda.

Kuzatuv jarayonida ma'lum bo‘lgan har bir qoida buzilishi holatini oldini olish borasida tegishli ko‘rsatmalar berilib, zarur choralar ko‘rilmoqda.

Top