19:14 / 27.11.2017
15990

Shahzoda Harri aktrisa Megan Marklga unashtirildi

Foto: PA Images/TASS

Britaniya taxtining beshinchi vorisi shahzoda Harri amerikalik aktrisa hamda fotomodel Megan Marklga unashtirildi. Bu haqida dushanba kuni Klarens-Xaus kantselyariyasi - Harrining otasi, valiahd shahzoda Charlzning qarorgohida ma'lum qilindi. 

"Hazrati Oliylari Uels shahzodasi shahzoda Harrining Megan Markl bilan unashtiruvi haqida e'lon qilishdan baxtiyor. To‘y 2018 yilning bahorida bo‘lib o‘tadi", - deyiladi kantselyariya xabarida.

Unda ta'kidlanishicha, unashtiruv marosimi Londonda noyabr oyida bo‘lib o‘tgan. Harri bu haqida buvisi, qirolicha Yelizaveta II va Vindzorlar qirollik oilasining boshqa a'zolarini xabardor qilgan, shuningdek bo‘lg‘usi to‘yga mahbubasining ota-onasidan rozilik olgan. 

Klarens-Xausda qayd etilishicha, 16 oydan beri uchrashib kelayotgan 33 yoshli Harri va 36 yoshli Megan bundan buyon Kensington saroyining Nottingem kottejida istiqomat qilishadi. 

Top