00:09 / 28.11.2017
6270

Rossiya chempionati. «Spartak» «Zenit»ni mag‘lub etdi

Foto: RFPL

Rossiya chempionati 18-turining markaziy o‘yini Moskvada, «Spartak» va «Zenit» o‘rtasida o‘tkazildi.

Murosasiz va qizg‘in kurashlarga boy o‘yinda «Spartak» 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar tarkibida gollarni Samedov, Luiz Adriano va Pashalich urdi. Mehmonlarning yagona goli Krishito hisobiga yozildi.

Bu natijadan so‘ng, «Spartak» 31 ochko bilan 4-o‘ringa chiqib oldi. «Zenit» 33 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi.

RFPL, 18-tur
Spartak – Zenit - 3:1 (2:1; 1:0)
27 noyabr, «Otkritiye Arena» stadioni
Gollar: 1:0 – 19 Samedov, 2:0 – 30 Luis Adriano, 2:1 – 35 Krishito, 3:1 - 90+7 Pashalich 
Spartak – Selixov, Jikiya, Bokketti, Yeshchenko, Kombarov, Samedov (Zobnin, 46), Glushakov, Fernando, Promes, Luis Adriano (Pashalich, 76), Ze Luish.
Zenit – Lodigin, Ivanovich, Krishito, Smolnikov (Dzyuba, 65), Mammana, Kuzyayev, Kranevitter (Rigoni, 35), Paredes, Jirkov, Poloz (Driussi, 80), Kokorin.
Ogohlantirishlar: Samedov (24), Paredes (24), Glushakov (45), Zobnin (68), Fernando (79), Rigoni (81), Ze Luish (82).
Chetlatish: Fernando (85).

Top