08:49 / 28.11.2017
6724

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Tailand va Malayziyaga qo‘shimcha reyslarni kiritmoqda

Foto: airliners.net

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Bangkok (Tailand) va Kuala-Lumpur (Malayziya) shaharlariga qo‘shimcha aviaqatnovlarni joriy etmoqda.

Aviakompaniya saytida joylashtirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkentdan Kuala-Lumpurga parvoz 2017 yil 25 dekabr hamda 2018 yil 4 yanvar kuni amalga oshiriladi. Shu yilning 26 dekabri hamda kelasi yilning 5 yanvarida ortga qaytiladi.
 
2017 yil 29 dekabri va 2018 yil 5 yanvarida Toshkent-Bangkok yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha parvozni amalga oshiradi. Bangkokdan 30 dekabrda va kelasi yilning 6 yanvarida qaytiladi.
 
Parvozlar zamonaviy va qulay Boing-767 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Top