09:55 / 29.11.2017
14588

Ruhoniy Eron kimlar bilan munosabatlarni yaxshilab olganini aytdi

Foto: Iranian Presidency/AP

Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, mamlakatning qator davlatlar, jumladan Yevropa ittifoqi va Rossiya bilan munosabatlari yaxshilangan. Bu haqda IRNA xabar bermoqda.

«Bizning Yevropa ittifoqi va Rossiya bilan savdo hamda xalqaro munosabatlarimiz yaxshi darajada turibdi», - deya ta'kidlab o‘tgan Ruhoniy.

Uning qayd etishicha, Saudiya Arabistoni Eronni dushman sifatida ko‘radi. Bu unga mamlakat ichidagi muammolarni yashirish va mintaqaviy siyosatdagi muvaffaqiyatsizliklarini oqlash uchun kerak.

Shuningdek Ruhoniy Turkiya, Iroq, Afg‘oniston, Pokiston va Qatar bilan ham munosabatlar yaxshilanganini ma'lum qildi.

Top