06:11 / 29.11.2017
9556

Tramp va Abe Shimoliy Koreyaning navbatdagi raketa sinovini muhokama qilishdi

Foto: ren.tv

AQSh va Yaponiya yetakchilari Donald Tramp va Sindzo Abe telefon orqali suhbatda Shimoliy Koreyaning navbatdagi raketa sinovini muhokama qilishdi hamda Shimoliy Koreya tahdidiga qarshi kurashni davom ettirishga kelishib oldilar. Bu haqda Oq uy ma'lum qildi.   

“Prezident Donald Tramp va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Shimoliy Koreyaning qit'alararo ballistik raketa uchirishi borasida suhbatlashishdi. Ikkala davlat yetakchilari Shimoliy Koreyaning ig‘vogar harakatlari uning xavfsizligiga rahna solayotgani va xalqaro hamjamiyatdan yanada yakkalayotgani haqida fikr bildirishdi”, deb ma'lum qildi Oq uy.   

29 noyabrga o‘tar kechasi Yaponiya va Janubiy Koreya harbiylari Shimoliy Koreyadan raketa uchirilganini qayd qilishgan. Raketa Yaponiya sohillaridan 210 km uzoqlikda Yapon dengiziga tushgan. Janubiy Koreya qurolli kuchlarida ma'lum qilinishicha, raketa 4,5 ming km balandlikka ko‘tarilgan va 960 km uchib o‘tgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Pxenyan qit'alararo ballistik raketa uchirgan.  

Top