16:08 / 30.11.2017
22285

2017 yilning eng yaxshi restorani ma'lum qilindi

Foto: Le Figaro

Fransiyaning La Liste restoranlar reytingi 2017 yil yakunlarini sarhisob qildi. Qatorasiga ikkinchi yil Parijdagi Guy Savoy muassasasi eng yaxshi restoran deb topildi.

Reytingda nafaqat oshpazning ishi, balki restoranning umumiy holati baholanadi. Restoranning maksimal olishi mumkin bo‘lgan baho – 100 balldir. Guy Savoy esa 99,75 ballni yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.

Guy Savoy
Foto: Guy Savoy

Ikkinchi o‘rinni Tokiodagi Kyo Aji hamda Nyu-Yorkdagi Bernardin restorani bo‘lishib oldi. Ular yig‘ish mumkin bo‘lgan 100 balldan 99,5 ballni qo‘lga kiritishdi.

Kyo Aji
Foto: Daniel’s Food Diary
Bernardin
Foto: Bernardin
Top