08:30 / 30.11.2017
8149

2018 yilda shaxmat bo‘yicha jahon chempioni qaysi shaharda aniqlanishi ma'lum

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDe) vitse-prezidenti Georgios Makropulosning ma'lum qilishicha, 2018 yilda jahon chempioni unvoni uchun uchrashuv Londonda bo‘lib o‘tadi.

«London sport, madaniyatga doir muhim hodisalarni tashkillashtirish bo‘yicha o‘z tarixiga ega, bularning bari esa shaxmatga xosdir», - deya Makropulosning so‘zlarini keltiradi TASS.

Jahonning amaldagi chempioni 26 yoshli norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen hisoblanadi, u 2013 yildan beri shaxmat tojini o‘z qo‘lida saqlab turibdi. Norvegiyalikning raqibiga esa Berlinda 10-28 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan da'vogarlik musobaqasi g‘olibi aylanadi, unda sakkiz nafar shaxmatchi ishtirok etadi.

Shaxmat toji uchun uchrashuv esa 2018 yilning 9-28 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Top