09:22 / 30.11.2017
20057

AQSh 2017 yilda necha pullik qurol-yarog‘ sotdi?

Illyustrativ foto

Amerika kompaniyalari 2017 yilda taxminan 42 milliard dollarga qurol-yarog‘ sotdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 10 milliard dollarga ko‘proq, deyiladi AQShning Mudofaa hamkorligi va xavfsizlik bo‘yicha agentligi (DSCA) hisobotida.

«Sotuvlarning bunday ijobiy tendensiyasi hayratlanarli emas, sababi AQShni butun dunyo bo‘ylab xavfsizlik sohasida hamkor sifatida tanlashadi», - deya ma'lum qildi agentlik direktori Charlz Xuper.

Ta'kidlanishicha, 32,02 milliard dollar xorijiy davlatlarga qurol sotish orqali olingan bo‘lsa, 6,04 milliard dollar AQSh Davlat departamenti liniyasi bo‘yicha harbiy yordam ko‘rsatish dasturi doirasida moliyalashtirildi, Mudofaa vazirligi liniyasi bo‘yicha – 3,87 milliard dollar miqdorida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Davlat departamenti Polsha hukumatiga 500 million dollarlik qurol-yarog‘larni sotish haqidagi qarorni tasdiqlagani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top