13:00 / 30.11.2017
14317

Qoraqalpog‘istonga sayyohlar oqimi ortdi

Foto: Kruz.uz

Bugungi kunda Qoraqalpog‘istonda 37ta turistik tashkilot xizmat ko‘rsatmoqda.

Kruz.uz ma'lumotiga ko‘ra, shundan 22 mehmonxona, 5 qora uylar kompleksi va 10 turistik firmalar yurtimiz va xorijlik sayyohlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, shu yilning uchinchi choragi yakuniga ko‘ra mehmonxonalarda 6351 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatilgan. Ularning Qoraqalpog‘istonda yashash kunlari 9510 kunni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga solishtirganda sezilarli o‘sish qayd etilganini ko‘rsatadi (turistlar soni 30 foizga, ularning yashash davri 23 foizga ortgan).

Taqqoslash uchun, o‘tgan yili Qoraqalpog‘istondagi mehmonxonalar 4852 turistga xizmat ko‘rsatgan bo‘lib, ularning yashash davri 7599 kunni tashkil etgan.

Top