12:00 / 30.11.2017
24382

Nazarboyevning kuyovi Qozog‘iston bosh vaziriga tanbeh berdi

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning kuyovi, "Atameken" Milliy tadbirkorlar palatasi (MTP) prezidiumi raisi Timur Kuliboyev MTP prezidiumi yig‘ilishida Qozog‘iston bosh vaziri Boqijon Sagintayevni Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi vaziyat tufayli koyidi. Bu haqda Qozog‘iston OAV xabar bermoqda.

"Bojxonaga savollar ko‘p. Ochig‘ini aytganda, Boqijon Abdirovich siz hozir o‘zingiz shug‘ullanmoqdasiz, Qirg‘iziston bilan chegarada savollar paydo bo‘ldi. Qirg‘iziston tomonidan kelayotgan noqonuniy bojxona bo‘yicha yuzlab ishlar qo‘zg‘atildi. Bu nimadan dalolat beradi? Shundanki, vaziyat u yerda og‘irlashdi, hamda, ma'lum bo‘lishicha, bizga u yerdan juda katta miqdorda kontrabanda kelmoqda. Nima, buni avval bilmasmidik?" – degan Kuliboyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yuzaga kelgan vaziyat Qozog‘iston bojxona nazorati tizimida muammolar borligini ko‘rsatadi.

Mavzuga oid
Top