10:44 / 30.11.2017
6262

Toshkent tumanida qurilish mollarini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Toshkent tuman IIBga 1995 yilda tug‘ilgan Ixtiyor Navfalov (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida joriy yilning 8 oktabr kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, hech kim yo‘qligidan foydalanib, Toshkent tumanida joylashgan qurilishi bitmagan sexdan unga tegishli umumiy narxi taxminan ikki yarim million so‘m bo‘lgan trubalar, “Akfa” romlari va turli xildagi qurilish mollarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan Muxsinbek Madaliyev sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. 

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Mavzuga oid
Top