14:20 / 30.11.2017
7699

Tramp Obama davrida AQShning davlat qarzi ikki barobar ortib ketganini eslatib qo‘ydi

© AFP 2017 / Timothy A. Clary

AQSh prezidenti Donald Tramp davlat qarzi mamlakatning avvalgi prezidenti Barak Obama davrida ikki barobar ortib ketgani haqida eslatdi. U bu haqda o‘z tvitterida yozgan.

«Sobiq prezident Obama davlat qarzini atigi sakkiz yilda oshirgani holda demokratlarning davlat qarzi haqidagi so‘zlarini eshitish kulgili», deb yozgan Tramp.

Sentyabr oyida AQSh davlat qarzi 20 trillion dollarlik nuqtadan o‘tgani ma'lum bo‘lgandi. O‘shanda Tramp mablag‘lar olish jarayonini yangidan boshlash imkonini beruvchi qonunni imzolagandi. Unga ko‘ra, qarzning yangi limiti Kongressda 2018-moliyaviy yil federal byudjyeti ustida ish borar ekan, davlat muassasalariga 8 dekabrgacha ishlash imkonini beradi.

Barak Obama prezident bo‘lganida AQSh davlat qarzi 10,6 trillion dollarni tashkil qilardi.

2009 yilning fevralida, hali mamlakat Buyuk retsessiya iskanjasidan quta olmay turgan bir paytda, Barak Obama iqtisodiyotni qayta tiklash va qayta investitsiyalash haqidagi qonunni imzolaydi. Soliqlarni qisqartirishga qo‘shimcha tarzda, yuzlab milliard dollar mablag‘ni ishsizlarni qo‘llab-quvvatlash va infrastruktura loyihalariga yo‘naltirish mo‘ljallangan. Obama o‘shanda bu qonun "iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish yo‘lidagi muhim qadam" bo‘lishini ta'kidlagandi, biroq respublikachilar uni davlat mablag‘larini behudaga sovurish, deb baholashgan edi.

Avvaliga 787 milliard dollar sarflash ko‘zda tutilgan edi, biroq 2015 yilda Kongressning byudjyet boshqarmasi xarajatlarni 836 milliard deya baholagan. Federal byudjyet shakllantirilishi mas'ul qo‘mitaning hisob-kitoblariga ko‘ra, foizlari bilan hisoblanganda Amerika g‘aznasi hammasi bo‘lib 1 trillion dollardan quruq qolgan.

Ayni vaqtda AQShning davlat qarzi YaIMning 100 foizini tashkil qiladi va bu Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. 

AQSh kongressining byudjyet bo‘yicha boshqarmasi tuzgan uzoq muddatli prognozga ko‘ra, 2047 yilga borib AQShning yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi qarzi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 150 foizigacha oshadi. 

Prezidentlikka kelgach, Tramp ham kamomadni oshirishga xizmat qiladigan, yirik soliq ayirmalari va mudofaa xarajatlarini oshirish kabi bir qancha dasturlarni e'lon qildi. Bundan tashqari, u sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya dasturlarini o‘zgarishsiz qoldirishga va'da bergan. Soliq siyosati markazining hisob-kitoblariga ko‘ra, Tramp tomonidan tavsiya etilgan soliq siyosati keyingi 10 yil ichida davlat tashqi qarzining 7,2 trillion dollarga ko‘payishiga olib kelishi mumkin.

Mavzuga oid
Top