20:05 / 01.12.2017
13404

"Haqiqiy jang!": sharhlovchi bolalar o‘rtasidagi o‘yinda hissiyotlarga berildi

"Tyumenskiy Legion" va "Yugra" bolalar xokkey jamoalari o‘rtasida kelib chiqqan mushtlashuv sharhlovchining kuchli hissiyotlariga sabab bo‘ldi. Mushtlashuv videosi YouTube’da joylashtirildi.

Yosh xokkeychilar "Uralskiy vyzov-2017" musobaqasi uchrashuvlaridan birida mushtlashib ketganlar.

"Nima u yerda? Hissiyotlar! Mushtlashuv! Bizda mushtlashuv boshlanib ketdi! Hech kim bo‘sh kelishni xohlamadi, mushtlashuv. Jang! Haqiqiy jang, biroq yo‘q, yigitchalarni ajratib qo‘yishdi. Bizda hissiyotlar aql bovar qilmas darajada", - deya ma'lum qilgan hissiyotlarga berilgan sharhlovchi.

Hakamlar mushtlashayotganlarni ajratib qo‘yishni uddalashdi, biroq oradan ko‘p o‘tmay o‘yinchilar endi jamoaga qarshi jamoa bo‘lib “jangga” kirishib ketishgan. Sharhlovchi buni ham e'tiborsiz qoldirmadi.

"Yana bir mushtlashuv, yana, boshlandi! Jamoaga qarshi jamoa! Jang! Haqiqiy jang, do‘stlar! Nimalar qilishmoqda! Ularni ajratish kerak! Ularni ajratish kerak!", - deya deyarli baqirgan u.

"Tyumenskiy Legion" yakunda "Yugra"ni 5:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Top