10:10 / 02.12.2017
18825

Kollej bitiruvchilariga mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori bilan Tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandiga o‘zgartirish kiritildi. Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 28 noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2758-1.

O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi PQ-3270-sonli «Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qildi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016 yil 16 yanvardagi 1/10-son qarori (ro‘yxat raqami 2758, 2016 yil 3 fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016 y., 5-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi birinchi xatboshidan «, bankning imtiyozli kreditlash jamg‘armasi hisobidan mikrokredit ajratilgan taqdirda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida» degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

2. Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

Top