21:30 / 04.12.2017
13304

Qozog‘iston Xalq banki O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston Xalq banki O‘zbekistonda sho‘'ba bankini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reyter agentligi xabar bermoqda.

Bank boshlig‘i Umut Shayaxmetovaning ta'kidlashicha, moliya tashkiloti Toshkentdagi o‘z filialini ochishi mumkin.

«Biz bozorni o‘rganish, rahbariyat bilan muloqot qilish va ular nima qilishni istayotganini tushunish bosqichida turibmiz», dedi u.

«Qozog‘iston Xalq banki» - eng yirik moliyaviy guruh va eng yirik mijozlar bazasi va tarqatish tarmog‘i bilan Qozog‘istonning yetakchi banki hisoblanadi. Bank, shuningdek, Rossiya, Gruziya va Qirg‘izistonda o‘z faoliyatini olib boradi va Qozog‘iston Hukumatining filial tarmog‘i orqali pensiya va nafaqa to‘lash bo‘yicha agenti hisoblanadi. 

Top