11:00 / 05.12.2017
16581

Afg‘oniston prezidenti Abdulla Aripov bilan Mustaqillik maydoniga bordi

O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Afg‘oniston Prezidenti Mustaqillik maydoni O‘zbekistonning tinchliksevar siyosati, xalqimizning bunyodkorlik va farovonlik yo‘lidagi ezgu intilishlarini aks ettiruvchi noyob majmua ekanini ta'kidladi. Maydonning o‘ziga xos manzarasi, chuqur mazmun-mohiyatiga yuqori baho berdi. 

Top